Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Janubiy Koreya prezidenti O‘zbekistonga kelishni rejalashtirmoqda

Janubiy Koreya prezidenti O‘zbekistonga kelishni rejalashtirmoqda

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Toshkentga tashrif bilan kelmoqchi. U bu haqda O‘zbekiston prezidentiga yo‘llagan tabrik telegrammasida ma’lum qilgan.

"Siz, Prezident janoblari bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish masalalarini muhokama qilish uchun o‘zaro maqbul muddatlarda O‘zbekiston Respublikasida tashrif bilan bo‘lishga umid qilaman", - deyiladi Koreya yetakchisi yo‘llagan telegrammada.

Mirziyoyev 2017 yilning noyabr oyida Seulga rasmiy safar bilan borgan edi. O‘shanda ikki davlat rahbarlari ko‘pmilliardlik shartnomalarni imzoladilar, yangi investision loyihalarni amalga oshirishga va madaniy hamkorlik qilishga kelishgan edilar.

Joriy yilning fevralida Janubiy Koreya Bosh vaziri o‘rinbosari Kim Dong Yon O‘zbekistonga keldi.  Janubiy Koreya amaldori Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazdi va O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan hamkorlikda yangi tashabbus - iqtisodiy masalalar bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya qo‘shma majlisini o‘tkazgan edi.

 

Kiritildi: 15:40 01.09.2018. O'qildi: 1336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!