Janubiy Koreya prezidenti Yun Sek Yol Konstitusiyaviy sudning unga nisbatan impichment bo‘yicha qarorini e’lon qilishda qatnashmaslikka qaror qildi.
Bu haqda davlat rahbarining advokatlari ma’lum qildi.
"Prezident odamlarning ko‘p to‘planishi mumkin bo‘lgan xavotirlar hamda tartibni saqlash va Prezidentni himoya qilish bilan bog‘liq masalalarni inobatga olgan holda, hukm e’lon qilingan ertaga, impichment jarayonida ishtirok etmaslikka qaror qildi”, — deyiladi advokatlar bayonotida.
4 aprel kuni Konstitusiyaviy sud prezident ishi bo‘yicha o‘z qarorini e’lon qiladi. Parlament unga o‘tgan yilning 14 dekabrida impichment e’lon qilgan. Konstitusiyaviy sud nihoyat Yun Seok Yolni hokimiyatdan chetlatishi yoki uni qayta tiklashi mumkin. Xususan, prezident 3-4 dekabr kunlari harbiy holatni bekor qilish bo‘yicha ovoz berish jarayonini buzish uchun parlamentga harbiylarni yuborganlikda gumon qilinmoqda. Bundan tashqari, deputatlarning fikricha, harbiy holat uchun hech qanday asos yo‘q edi.