Bugun 4 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi harbiy holatni bekor qilish uchun ovoz berdi

Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi harbiy holatni bekor qilish uchun ovoz berdi

Koreya Respublikasi parlamenti 3 dekabr kuni mamlakat prezidenti Yun Sok Yol tomonidan joriy etilgan harbiy holatni bekor qilish uchun ovoz berdi, deb xabar bermoqda Yonhap va Reuters.

Ovoz berishda 300 nafar deputatdan 190 nafari ishtirok etdi. Ular Milliy Assambleya binosida to‘siqlar o‘rnatib, maxsus kuchlarni ichkariga kiritmadi.

janubiy koreya

Mamlakat Konstitusiyasiga ko‘ra, harbiy holat parlamentdagi ko‘pchilik talab qilganida bekor qilinishi kerak, deya aniqlik kiritdi Yonhap.

janubiy koreya

Mahalliy telekanallarning jonli efirida Milliy majlis (parlament) binosi oldida odamlar to‘plana boshlaganini ko‘rish mumkin.

janubiy koreya

Parlament qaroridan so‘ng harbiy holat qo‘shinlari Milliy Assambleya binosini tark eta boshladi. Ta’lim vazirligi barcha ta’lim muassasalarida o‘qish o‘zgarishsiz davom etishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 21:42 03.12.2024. O'qildi: 822 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!