Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Janubiy Koreya KXDRga koronavirusga qarshi kurashish uchun yordam bermoqchi

Janubiy Koreya KXDRga koronavirusga qarshi kurashish uchun yordam bermoqchi

Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaga koronavirusning ommaviy tarqalishiga qarshi kurashishda imkoni boricha yordam bermoqchi va agar Pxenyan qabul qilishga rozi bo‘lsa, vaksinalar va boshqa zarur ta’minot vositalarini yetkazib beradi. Bu haqda Janubiy Koreya Prezidenti Yun Suk Yol 16 may kuni shunday taklif bilan chiqdi, deb xabar berdi “Yonhap” agentligi.

“Biz koronavirus tahdidiga duchor bo‘lgan Shimoliy Koreya xalqiga zarur yordamni ko‘rsatishdan to‘xtamasligimiz kerak. Agar Shimoliy Koreya hukumati buni qabul qilsa, biz dori-darmonlar, jumladan, COVID-19 vaksinalari, tibbiy asbob-uskunalar va tibbiyot xodimlari kabi zarur yordamni ayamaymiz”, degan Yun Milliy assambleyadagi byudjet bo‘yicha birinchi nutqida.

Eslatib o‘tamiz, 12 may kuni Shimoliya Koreyada “omicron” shtammining kichik turi shuningdek, yashirin “omicron” sifatida ham tanilgan BA.2 aniqlangandi. Shu munosabat bilan KXDR rahbari mamlakatning barcha shahar va tumanlarida karantin joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Kiritildi: 18:29 16.05.2022. O'qildi: 2576 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!