Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlarining patrul kateri Sariq dengizning shimoliy chegara chizig‘idan janubda, mamlakatlar o‘rtasida amalda chegara vazifasini o‘taydigan Shimoliy Koreya patrul kemasi paydo bo‘lganida ogohlantiruvchi o‘q uzdi. Bu haqda Koreya Respublikasi shtab boshliqlari qo‘mitasiga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya kemasi 15 aprel kuni tushdan keyin Bayennendo oroli yaqinidagi chegara chizig‘ini kesib o‘tgan. Bunga javoban Seul Chamsuri sinfidagi patrul kemasini yuborishga majbur bo‘ldi.
Agentlik manbasining ma’lum qilishicha, KXDR qayig‘i Xitoy baliqchi kemasini ta’qib qilgan. O‘nta ogohlantiruvchi o‘qdan so‘ng, u o‘z hududiga qaytishga majbur bo‘ldi. Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlarining KXDRdagi hamkasblari bilan bog‘lanishga urinishlari muvaffaqiyatsiz tugadi.
Ta’kidlanishicha, ko‘rish qiyin bo‘lgan sharoitda xitoylik baliqchilar KXDR qayig‘i bilan to‘qnashgan. Bir necha koreyalik dengizchilar jarohatlangan.