1412 yilning yanvarida Fransuz xalq qahramon qizi Janna d'Ark dunyoga keldi. Uni fransuzlar "Orlean bokirasi" deb atashar edi.
Janna d'Ark ayol kishi bir vaqtda qanday qilib avliyo, boshqa bir vaqtda esa shayton bo‘lishi mumkin degan savolning jonli javobidir.
Biz insonlar shundaymiz. Yaxshi ko‘rganlarimizni avliyo, dushmanlarimizni esa shayton deymiz.
Uning hikoyasi Angliya va Fransiya o‘rtasida bo‘lib o‘tgan yuz yillik urushga borib taqaladi.
Fransiyaning katta qismi Angliya mustamlakasi edi. Fransiya qiroli g‘amgin edi. Unda kishilarni erk uchun kurashga safarbar qilishga kuch yo‘q edi.
Ammo Janna d'Ark hamma narsani o‘zgartirib yubordi. U o‘n olti yoshida tushida xudoni ko‘rganini, xudo unga qirol Sharl yettinchining yonida turib, uni qo‘llab inglizlarga qarshi kurashib Fransiya yerlarini inglizlardan qaytarib olishga amr qilayotganini da’vo qildi. U shunchalik jur’atli ediki, qirolga borib tushini aytib berishga o‘zida kuch topdi. Qirol unga ishondi. Uni urush o‘chog‘i bo‘lmish Orleanga yubordi. Uni Orlean qo‘shinida e’tiborli mansabga qo‘ydi.
Janna urush yo‘nalishini o‘zgartirib yubordi. Uch yil ichida bir qancha janglarda g‘alaba qozondi. Tarixchilar hali ham hayron qolishadi. U oddiygina dehqon ayolning qizi edi. Siyosatdan ham, urushdan ham bexabar edi uning oilasi. Bir qancha vaqt urush maydonida javlon urganidan so‘ng uni bir qancha yo‘lto‘sarlar tutib olib uning dushmani bo‘lmish inglizlarga juda katta pul evaziga sotib yuborishadi. Inglizlar uni mahkamaga topshirib uni xiyonat , isyon qilish va jodugarlikda ayblashadi. Uning ichida shaytoniy ruh kirib olgan deyishadi. Uni ana shu ayblar bilan aybdor deb topib 19 yoshida tiriklayin olovda kuydirib o‘ldirishadi. Rim katolik cherkovi Jannani avliyo deydi. Ingliz katolik cherkovi uni shayton deydi.
O‘ylashimcha, u ikkalasi ham emas. U oddiy jangchi bo‘lgan. Vatanini begonalar istilo qilganida bor imkoniyatini ishga solib ozodlik uchun kurashgan bir fuqarodir!
Bundan bir narsani olishimiz mumkin: VATANGA MUHABBAT!
Abdulqodir Polvonov
Manba: azon.uz