📌 Nizomga ko‘ra, universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga nomzodlarni kursantlar safiga qabul qilish harbiy-professional yo‘nalish, dastlabki saralab olish va test sinovlari bosqichlarida amalga oshiriladi.
🇺🇿 Universitetga o‘qishga faqat O‘zbekiston fuqarolari qabul qilinadi.
🔰 Universitetga kirish istagini bildirgan:
🔸 fuqarolar ta’lim yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda o‘zlarining yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga yoki Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘limlariga ariza bilan;
🔸 harbiy xizmatchilar (xodimlar) o‘zlari xizmat o‘tayotgan harbiy qismga bildirgi bilan murojaat qiladi.
🗓 Arizalar har yili 1 fevraldan 20 martga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
🏢 Universitetga nomzodlarni kursant, tinglovchi va talabalar safiga o‘qishga qabul qilish Davlat test markazi tomonidan test sinovlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
✅ Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan nomzodlardan (to‘liq davlat taxminotidagi shaxslar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etish uchun BHMning yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
🎖 Universitet bitiruvchilariga tegishli namunadagi diplom va harbiy tayyorgarlikdan o‘tganlarga zaxiradagi leytenant harbiy unvoni beriladi.
☑️ Umumfuqaroviy asosda talabalikka qabul qilishning to‘lov-kontrakt asosidagi qabul ko‘rsatkichlari, qo‘shimcha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish universitet tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
🎓 Shuningdek, universitet magistraturasiga 5 yil va undan ko‘p mehnat stajiga ega bo‘lgan, kamida “mayor” ofiser lavozimlarida xizmat o‘tayotgan, o‘qishga qabul yilining 31 dekabrigacha 45 yoshdan oshmagan harbiy xizmatchilar (xodimlar) qabul qilinadi.
💰 Magistraturaga o‘qishga qabul qilingan shaxslarning oxirgi egallab turgan lavozimi uchun belgilangan pul ta’minoti o‘qish davri mobaynida saqlab qolinadi.
➡️ Universitetning “Yo‘l-patrul xizmatining qo‘mondonlik-taktik faoliyati”, “Patrul-post xizmatining qo‘mondonlik-taktik faoliyati”, “Pasport tizimini huquqiy ta’minlash” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha nomzodlar bilan dastlabki saralab olish tadbirlari Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkaziladi.