«O‘zbekkino» MA buyurtmasiga binoan prodyuser Zafar Yo‘ldoshev hamda rejissyor Abduvohid G‘aniyev tomonidan suratga olinayotgan «Elparvar» tarixiy filmi uchun jonli ijroda musiqa yozish jarayoni davom etmoqda.
"Daryo" nashrining yozishicha, rejissyor Abduvohid G‘aniyev «Elparvar» tarixiy filmida qaysi davr hikoya qilinishi haqida jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida gapirib berdi.
«Elparvar» tarixiy filmida Jaloliddin Manguberdi obrazi bor, Jaloliddin haqida filmda ko‘p gapiriladi, ammo film Jaloliddin Manguberdi haqida emas. Film mo‘g‘ullar istilosi davrida o‘z qishlog‘ini qutqarish yo‘lida jonini xafga qo‘ygan Xorazmshoh sarkardasining o‘g‘li, o‘spirin kamonchi yigit Muqbil haqidadir. Film voqealari XII asr oxiri XIII asr boshlarida bo‘lib o‘tadi. «Elparvar» filmida Xorazmshohlar saltanati tanazzulga yuz tutib, mo‘g‘ullar bosqini boshlangan davrni tasvirlashga harakat qildik. Filmdagi Jaloliddin Manguberdi rolini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mehriddin Rahmatov gavdalantirgan. Muqbil rolini esa yosh aktyor G‘ofur Isaxonov ijro etgan.
Abduvohid G‘aniyev, «Elparvar» tarixiy filmi rejissyori