Bugun 30 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Jaloliddin Masharipov terma jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanishiga munosabat bildirdi

Jaloliddin Masharipov terma jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanishiga munosabat bildirdi

O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Jaloliddin Masharipov O‘zbekiston terma jamoasi atrofidagi murabbiy bilan bog‘liq vaziyatga fikrini bildirdi.

"Saytlar orqali Bentu kelganini ko‘rdim. Uni nomi va Jahon chempionatlaridagi tajribasiga qarab olib kelishdi. Bentu bizni juda yaxshi biladi. Uni futbolchilar hal qilmaydi, hammasini vaqt ko‘rsatadi. Hali rasman qo‘l qo‘ymadi. Nimadir desam kimgadir yomon ko‘rinib qolishim mumkin. Ishlab ko‘rgan holda taktikasi haqida fikr bildirgan to‘g‘ri bo‘ladi. Osiyo jamoalari bilan murabbiysiz ham o‘ynab qo‘yaveramiz. Shu bois kuchliroq jamoalarga qarshi o‘yinlarda yaxshiroq bilib olamiz. Kelib gaplashgani murabbiy bo‘ldi degani emas",- deydi Jaloliddin Masharipov.

Kiritildi: 23:10 29.08.2025. O'qildi: 1057 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!