Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jahongir Shirinov konstitusiyaviy islohotlar nima uchun amalga oshirilayotganini tushuntirdi:
«O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida o‘z aksini topgan xalqparvar davlatni barpo etish yo‘lidagi muhim vazifalarni amalga oshirish uchun, avvalambor yangi konstitusiyaviy makon kerakligini barchamiz tushunib turibmiz.
Bosh Qomusimiz bugungi real voqelikka mos bo‘lsagina, u shiddat bilan olib borilayotgan islohotlarimizning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qila oladi.
Aynan shuning uchun ham yurtimizda Konstitusiyaviy islohotlar olib borilyapti. Bu borada maxsus Konstitusiyaviy komissiya tuzildi».