Qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Kolumbiyaning Bogota shahrida o‘tkazilayotgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichida ishtirok etyapti.
Musobaqaning yigitlar o‘rtasidagi yakkalik bellashuvlari sportchilarimiz uchun omadli o‘tib, qilichbozlarimiz barcha turdagi medallarga ega chiqdi.
Murosasiz bahslar yakunida ikki o‘zbek sportchisi — Musa Aymuratov hamda Sardor Abdukarimbekov oltin medal uchun kurash olib borishdi. Unda Aymuratovning qo‘li baland kelib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, yana bir yurtdoshimiz Alpamis Urakbayev bronza medallaridan biriga sazovor bo‘ldi.