Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Jahon chempionatida og‘ir atletikachilarimiz 12 ta medalga sazovor bo‘ldi

A A A
Jahon chempionatida og‘ir atletikachilarimiz 12 ta medalga sazovor bo‘ldi

Peru poytaxti Lima shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yakunlangan jahon chempionatida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 12 medalga ega chiqdi. Shundan 2 tasi oltin, 6 tasi kumush va 4 tasi bronza.

Kecha jahon chempionatining so‘nggi kunida mahoratli og‘ir atletikachimiz Omadillo Olimov +102 kilogramm vaznda kechgan bahslarda ishtirok etdi. Lima supachasidagi murosasiz musobaqalar sarhisobiga ko‘ra, Omadillo Olimov dast ko‘tarishda 150 kilo, siltab ko‘tarishda 195 kilogramm hamda ikkikurashda 345 kilogramm toshni bo‘ysindirgan holda 3 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Aytish lozim, jahon chempionati davomida Bekzod G‘ofurjonov 1 ta kumush va 2 ta bronzaga, Marjona Abdumutalova 1 ta kumush, 2 ta bronza, Ruslan Rahmatjonov 2 ta oltin, 1 ta kumush medalga sazovor bo‘lishi, Dilnoza Fayzullayeva jahon og‘ir atletikachi qizlari orasida kuchli o‘nlikdan o‘rin olishi mamlakatimizda mahoratli yosh sportchilarni tayyorlash, saralash, yo‘naltirish, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish borasida olib borilayotgan ishlarning samarasi bo‘ldi, deyish mumkin.

Kiritildi: 15:00 27.05.2024. O'qildi: 1053 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!