Jahon birjalarida oltin narxi keskin o‘sib, bir troy unsiya uchun 4750 dollardan yuqori ko‘tarildi.
Savdo ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva vaqti bilan soat 03:42 holatida Nyu-Yorkdagi Comex birjasida oltinning dekabr fyuchersi avvalgi yopilishga nisbatan 55,25 dollar yoki 1,16 foizga qimmatlab, bir unsiya uchun 4752 dollarga yetgan.
Shu vaqtda kumush narxida ham o‘sish kuzatilgan. Sentyabr fyuchersi 1,56 foizga qimmatlab, bir unsiya uchun 69,66 dollarni tashkil etgan.
Biroq keyingi savdolarda oltin narxi biroz pasaygan. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, investorlar AQShda e’lon qilinishi kutilayotgan inflyasiya ko‘rsatkichlari va Federal zaxira tizimi raisi Kevin Uorshning chiqishiga e’tibor qaratmoqda.