Finlyandiya ketma-ket sakkizinchi yil Jahon baxt hisoboti (World Happiness Report) bo‘yicha dunyodagi eng baxtli mamlakat deb topildi. Birinchi o‘nlikka, shuningdek, Daniya, Islandiya, Norvegiya, Shvesiya, Kosta-Rika va Meksika kirdi.
O‘zbekiston 44-o‘rinni egalladi. Mamlakat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, saxiylik va hayotdan qoniqish kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha yuqori baholangan. Rossiya 66-o‘rindan, AQSh esa 24-o‘rindan joy oldi.
Eng baxtsiz mamlakat sifatida yana Afg‘oniston tan olindi.
Jahon baxt hisoboti har yili 140 davlatni baholaydi. Unda yalpi ichki mahsulot, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, umr davomiyligi, korrupsiya va erkinlik kabi omillar hisobga olinadi.
Hisobot Oksford universiteti, Gallup tadqiqot kompaniyasi va BMTning hamkorligida nashr etiladi.