Yoz mavsumida asosiy issiqlik energiyasi ta’minotchisi — «Toshkent issiqlik markazi» MCHJ tomonidan 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlar doirasida 1-8-IM issiqlik markazlarida ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli, iyul va avgust oylarida Toshkent shahrining ayrim tumanlarida reja-jadval asosida issiq suv ta’minoti 5 kunlik muddatga to‘xtatiladi.