Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Italiyada odam bo‘yidan baland qor yog‘di (VIDEO)

A A A
Italiyada odam bo‘yidan baland qor yog‘di (VIDEO)

Italiyaning Abetone shaharchasida odamlar qalin qorga cho‘kib ketmaslik uchun maxsus oyoq kiyimida va chang‘ichilar ko‘z oynagi taqib yurishmoqda. Avtomobillar esa batamom  qor ostiga ko‘milib ketgan. 

Italiya shimoliida Rimdan 260 km masofada joylashgan Abetone kurort shaharchada odam bo‘yidan baland qor yog‘di. Qor uyumlari balandligi 2 metrdan baland bo‘ldi.

Odamlar bunday qalin qor ustida o‘rish uchun qorga cho‘kmaydigan maxsus oyoq kiyimida va chang‘ichilar ko‘z oynagi taqib yurishmoqda. Avtomobillar esa batamom  qor ostiga ko‘milib ketgan. 

Mahalliy hukumat ushbu hududga tashrif buyurishni rejalashtirgan sayyohlardan shahar normal tartibga tushib olgunicha o‘z sayohatlarni biroz kechiktirishni so‘ramoqda. Shu vaqtnig o‘zida maxsus texnika shahar ko‘chalarini qordan tozalashga kirishgan. 

Aytish joizki, Rossiyaning ayrim shimoliy shaharlarida ham shunday manzarani kuzatish mumkin. 

Kiritildi: 15:27 06.01.2021. O'qildi: 4184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!