Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Italiyada muxolifat parlamentga Falastinni tan olish haqida rezolyusiya loyihasini kiritdi.

Italiyada muxolifat parlamentga Falastinni tan olish haqida rezolyusiya loyihasini kiritdi.

Rezolyusiya loyihasida shuningdek, G‘azodagi Isroil harakatlarini qoralash haqida ham gap boradi.

Demokratik partiya, “Besh yulduz harakati” va “Yashillar va chap qanot alyansi” kabi muxolifat partiyalari 1967 yil chegaralari asosida Falastinni rasman tan olishni, Isroilni qoralashni, zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni va Tel-Avivga qurol yetkazib berishga embargo joriy etishni talab qilmoqda.

Shuningdek, falastinlik mahbuslarni ozod qilish va Xalqaro jinoyat sudi qarorlarini ijro etish ham rezolyusiyada ko‘zda tutilgan. Muxolifat yetakchilari barcha partiyalarni ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Kiritildi: 23:59 18.04.2025. O'qildi: 766 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!