Italiya poytaxti Vatikandan atigi bir necha metr narida I asrda Rim imperatori Neronga tegishli bo‘lgan teatr xarobalari topildi. Mutaxassislar teatrni «noyob» topilma deb atadi, deb xabar beradi CNN.
Teatr hozirgi Avliyo Pyotr sobori joylashgan joydan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda topilgan.
Hozirgacha qadimgi teatrning mavjudligi ko‘plab tarixchilarni hayratda qoldirdi, chunki u Katta Pliniy tomonidan yozilgan Rim matnlarida eslatib o‘tilgan, ammo uning joylashuvi ilgari hujjatlashtirilmagan.
Neron miloddan avvalgi 54-68 yillarda hukmronlik qilgan beshinchi Rim imperatoridir. U o‘zining ekstravagant harakatlari bilan mashhur bo‘ldi.
Maydonda nafis marmar ustunlar, oltin barg bezaklari va Neronning teatr spektakllarida ishlatilgan liboslar va manzaralar qoldiqlarini o‘z ichiga olgan omborxonalar mavjud.
Qazishmalar Avliyo Pyotr maydoniga olib boradigan Via della Konchiliasione ko‘chasidagi Palasso della Rovere saroyini ta’mirlash loyihasining bir qismidir.
Keyinchalik topilgan ba’zi artefaktlar bu joydan teatr sifatida foydalanilganligini tasdiqlaydi, jumladan, liboslar qoldiqlari, shuningdek, keyinchalik kulolchilik va oshxona anjomlari topilgan. Teatrda topilgan barcha topilmalarni o‘rganish va sanasini aniqlash uchun yillar kerak bo‘ladi.
Qazishmalar davomida topilgan XV asrga oid artefaktlar orasida shisha qadahlar, kostryulkalar, tangalar, musiqa asboblari qoldiqlari bor. Shuningdek, suyaklardan yasalgan taroqlar va tasbeh tayyorlash uchun turli ashyolar topilgan.