Italiya Ukrainaga taxminan 3 milliard yevrolik qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar yetkazib berdi - "Il Fatto quotidiano" gazetasi xabar qildi.
Nashrning aniqlashtirishi bo‘yicha, bu Ukraina ehtiyojlari uchun maxsus xarid qilingan qurol-yarog‘lar emas, balki respublika qurolli kuchlari omborlarida ko‘p yillardan beri ortiqcha miqdorda saqlanib kelgan zaxiralar haqida gap ketmoqda.
Shu bilan birga, 11 may kuni Italiya Tashqi ishlar vazirligi Rim Kiyevga harbiy va insonparvarlik ehtiyojlari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda Yevropa Ittifoqining umumiy jamg‘armalari orqali 2,5 milliard yevro ajratganini ma’lum qildi.