Italiya prezidenti Serjio Mattarella amerikalik tadbirkor Ilon Maskni «maslahat bermaslikka va Italiyaning suverenitetini hurmat qilishga» chaqirdi.
ABC News xabar berishicha, Mattarella Italiyaning o‘z Konstitusiyasiga muvofiq mustaqil qaror qabul qilish imkoniyatiga ega ekanligini alohida ta’kidladi.
U shunday dedi: «Har qanday shaxs, ayniqsa do‘st va ittifoqchi davlat ma’muriyatida muhim lavozimni egallashini e’lon qilgan bo‘lsa, boshqa mamlakatlarning suverenitetini hurmat qilishi shart va maslahat berish vazifasini o‘z zimmasiga olishga haqqi yo‘q».