Italiya G‘azodagi tinch aholiga 15 tonna gumanitar yordam yubordi.
Misericordie xayriya tashkiloti tomonidan yig‘ilgan oziq-ovqat harbiy samolyotlarda Piza aerodromidan Kiprning Larnaka shahriga yetkazilgan.
Keyin u Kipr hukumati tashabbusi bilan BMT va Yevroittifoq kabi xalqaro hamkorlar ko‘magida Kipr dengiz yo‘lagi orqali Isroilning Ashdod portiga jo‘natiladi.
Isroil uzoq vaqtdan beri G‘azoga yordam oqimini to‘sib qo‘ygani uchun tanqid qilib kelinadi va o‘z navbatida Isroil tomoni buni har doim rad etib keladi.
Payshanba kuni BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Isroilni ochlikdan urush quroli sifatida foydalanganlikda aybladi.
Ammo G‘azoga yuborilayotgan barcha yordamlarni kuzatib boruvchi va qayd etuvchi Isroil tashkiloti yordam mintaqaga o‘tkazib kelinayotganini aytadi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning oktyabr oyida urush boshlanganidan buyon anklavga 1,1 million tonnadan ortiq yordam etkazilgan.