Bugun 24 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

“Istasangiz, barchasini ozod qiling, tovon puli berilsa bas”. “Dok-1 Maks” jabrlanuvchilari Sardor Kariyevning onasini qo‘llab-quvvatlamoqda

“Istasangiz, barchasini ozod qiling, tovon puli berilsa bas”. “Dok-1 Maks” jabrlanuvchilari Sardor Kariyevning onasini qo‘llab-quvvatlamoqda

“Dok-1 Maks” ishida aybdor deb topilib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan Sardor Kariyevga tayinlangan jazo yengillashtirilsa, uning onasi jabrlanuvchilarga to‘lanishi lozim bo‘lgan salkam 76 milliard so‘mlik tovon pulini o‘zi to‘lab berishini aytgandi.

Kariyevning onasi mard bo‘lib, shu pulni to‘lab beraman, dedi. Mayli, Kariyevning ham bolalari bordir. Tovon pulini to‘lab berishsa, Kariyevga nisbatan da’voyimiz yo‘q. Sudni shu yerda to‘xtating, bo‘lar ish bo‘libdi, onasi maydonga chiqdi-ku, to‘lab beraman, deb. Mana, 500 million so‘m o‘tkazibdi ham, shuni jabrlanuvchilarga bo‘lib beringlar, lekin davlatda qolib ketmasin, — dedi sudda chiqish qilgan jabrlanuvchilardan biri.

Jabrlanuvchining bu gapiga javob qilgan sudya bu pullar sudning depozit hisob raqamiga o‘tkazilganini, davlatning bunga hech qanday aloqasi yo‘qligini aytdi.

Kiritildi: 20:13 21.06.2024. O'qildi: 2302 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!