Istanbulda korrupsiya ishi bo‘yicha 47 nafar mansabdor shaxsni hibsga olish uchun order berildi. Bu haqda HaberTurk xabar berdi.
Telekanalning xabar berishicha, Istanbul bosh prokuraturasi shahar ma’muriyatidagi korrupsiyani tergov qilish doirasida hibsga olishlarning yangi to‘lqini haqida buyruq berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 47 nafar gumonlanuvchini hibsga olish uchun order berilgan, ular orasida amaldagi va sobiq amaldorlar ham bor.
Eslatib o‘tamiz, mart oyi o‘rtalarida muxolif siyosatchi va Istanbul meri Ekrem Imamog‘lu korrupsiyada ayblanib hibsga olingan edi.