Istanbul meri Ekrem Imomog‘lu hibsga olinishi ortidan shaharning turli tumanlarida norozilik namoyishlari avj oldi.
Namoyishlar davomida polisiya bilan to‘qnashuvlar ham kuzatildi.
Shaharda ba’zi ko‘chalar yopilgan, ijtimoiy tarmoqlarga kirish cheklangan, deb yozadi Sputnik Turkiya.
Ekrem Imomo‘g‘lu tarafdorlari Anqarada muxolif siyosatchini qo‘llovchi shiorlar bilan Adliya vazirligi binosi tomon marsh yurishini o‘tkazdi.
Turkiya Adliya vazirligi tarqatgan xabarga ko‘ra yuzlab odamlar hibsga olingan, ularning ichida Istanbul meri (hokimi) ham bor