Istanbul shahar hokimligi raisi (hokim) Ekrem Imomo‘g‘luga nisbatan korrupsiya va terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashda gumon qilinib, boshlangan tergov doirasida sud yana uch amaldorni hibsga olishga qaror qildi.
Haber Global xabar berishicha, bular Shisli munisipaliteti raisi Rasul Emrah Sahan, Islohot instituti direktori Mehmet Ali Chalishkan va Istanbul munisipaliteti bosh kotibi o‘rinbosari Mahir Po‘latdir.
Mazkur shaxslar qurolli terror tashkilotiga yordam berishda ayblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada Istanbul meri Ekrem Imomo‘g‘lu hibsga olingan edi. U RKK terrorchilik guruhiga aloqadorlik va tenderlarni o‘tkazish, firibgarlik, shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy qo‘lga kiritish, korrupsiya va tahdidlar bilan tovlamachilikda ayblanmoqda.