Bugun 4 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Istanbul munisipaliteti bo‘yicha tergov doirasida yana 13 kishi ushlanadi

Istanbul munisipaliteti bo‘yicha tergov doirasida yana 13 kishi ushlanadi

Istanbul munisipalitetiga nisbatan olib borilayotgan tergov doirasida yana 13 nafar gumonlanuvchini qo‘lga olish haqida qaror qabul qilindi.

Haber Global xabariga ko‘ra, ulardan 12 nafari allaqachon ushlangan. Xorijda bo‘lib turgan yana bir gumonlanuvchini javobgarlikka tortish uchun tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Qo‘lga olingan shaxslar tender jarayonlariga aralashish va davlatga zarar yetkazishda gumon qilinmoqda.

Avvalroq ham Istanbul munisipaliteti bo‘yicha tergov doirasida bir qator operasiyalar o‘tkazilgan edi. Istanbul meri Ekrem Imamog‘lu hibsga olinganidan keyin munisipalitetning bir qator mansabdor shaxslari qo‘lga olindi.

Shuningdek, korrupsion faoliyatda gumon qilinayotgan 10 dan ortiq kompaniyaning hisob raqamlariga ham taqiq qo‘yilgan.

Kiritildi: 14:50 03.09.2026. O'qildi: 299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!