Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroilning Tehron shimolidagi havo hujumi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi

Isroilning Tehron shimolidagi havo hujumi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi

Eron tashqi ishlar vazirligining 17 iyun kuni xabar berishicha, Isroil harbiylarining Tehron shimoliga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘lgan.

"Isroil rejimining snaryadlari shifoxona yaqinida, ro‘paradagi ko‘chada o‘tayotganlar va avtomobillar ustiga tushib, 17 kishi halok bo‘ldi", — deyiladi xabarda.

Mamlakat TIV hududdagi suv quvurining portlashi natijasida suv toshqini yuzaga kelgani, natijada uch yoshli bola cho‘kib ketganini qayd etdi. O‘lganlar orasida homilador ayol va o‘smir ham bor.

Bundan tashqari, harbiy hujumda yana 46 kishi jarohat olgan.

Kiritildi: 08:45 17.06.2025. O'qildi: 581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!