Livan Sog‘liqni saqlash vaziri Firass Abiad Isroilning Livanga bergan zarbalarida ertalabdan beri 25 kishi halok bo‘lganini aytdi.
Livanning Tir mintaqasi, Bekaa vodiysi Isroil havo hujumlariga duch kelmoqda.
Hizbulloh ham Isroil tomon bir necha raketa zarbalarini amalga oshirgan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 72 soat ichida 30 mingdan ortiq odam, asosan suriyaliklar Livandan Suriyaga o‘tgan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil qo‘shinlarining tajovuzi natijasida 23 sentyabrdan beri 90 mingdan ortiq odam uy-joyini tark etgan.