"Ammandagi Isroil elchixonasi yaqinida yuz bergan otishma natijasida 3 nafar polisiyachi yaralandi yaralandi, otishma sodir etgan shaxs o‘ldirildi", deya xabar bermoqda agentlik xavfsizlik kuchlaridagi manbasiga tayanib.
Polisiya hududni o‘rab oldi va mahalliy aholini uylarini tark etmaslikka chaqirdi. Shuningdek, Iordaniya poytaxtida xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
"Elchixona joylashgan hududda Isroilga qarshi namoyishlar doimiy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Namoyishlar 2023 yilda Isroilning G‘azo sektorida harbiy amaliyoti boshlanganidan beri tez-tez bo‘lib turibdi", deb yozadi Reuters.