Shanba kuni Eron janubi-g‘arbidagi Shahid Chamran shahridagi turar-joy binosi Isroilning zarbalari natijasida qulab tushdi, 60 nafar aholi, jumladan 20 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda Eron davlat televideniyesi xabar bermoqda.
"Kecha isroilliklarning ushbu turar-joy binosiga uyushtirgan hujumida 60 kishi halok bo‘ldi, ulardan 20 nafari bolalar. Qurbonlardan 10 nafarining jasadi vayronalar ostida. Ulardan ba’zilari 6 oylik va 9 oylik chaqaloqlardir", - dedi telekanal muxbiri.