Isroilning G‘azo sektorining shimoliga hujumi zo‘ravonlik davrini kuchaytirgan genosidning bir ko‘rinishidir. Bu haqda Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon so‘z ochdi.
"Mening tushunishimga ko‘ra, G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar Isroilning yangi talablari tufayli vaqti-vaqti bilan muvaffaqiyatsizlikka uchrayapti", – degan Faysal bin Farxon.
U, shuningdek, Saudiya Arabistonining Eron bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi.
"Biz to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilmoqdamiz, lekin bu mintaqaviy vaziyat sababli qiyinlashmoqda. AQSh bilan rivojlantirmoqchi bo‘lgan ba’zi ikki tomonlama aloqalarimiz Isroil bilan aloqalarni normallashtirishdan ko‘ra, boshqa masalalar bilan bog‘liq", — Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri.