Bugun 23 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroilning G‘azodagi hujumi oqibatida BMT xodimi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azodagi hujumi oqibatida BMT xodimi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbasi oqibatida BMT homiyligidagi tashkilot xodimi halok bo‘ldi, yana besh kishi yaralandi. Bu haqda Falastin anklavining sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi TASS.

"BMT tashkilotlarida ishlovchi olti nafar xorijlik Isroilning G‘azo markazida uyushtirgan havo hujumi chog‘ida jarohatlandi. Ulardan biri Shuhada al-Aqsa kasalxonasiga yetib kelgan zahoti vafot etdi", – deb yozdi G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zining Telegram-kanalida. Shifokorlar jarohatlanganlarning ahvoli og‘ir ekanini aytishdi.

O‘z navbatida, Misrning “Al-Qahira Al-Ixbariya” telekanali manbalarga tayanib, o‘qqa tutilgan BMT xodimlari G‘azo sektorini minalardan tozalash bilan shug‘ullanganini ma’lum qildi. Hodisa anklavning markaziy qismidagi Dayr al-Balah shahri hududida sodir bo‘lgan.

Kiritildi: 09:29 20.03.2025. O'qildi: 757 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!