Al-Jazeera: Isroil asosiy e’tiborini zich joylashgan aholi yashaydigan hududlar va fuqarolar to‘planishlarini nishonga olishga qaratmoqda.
Shimoliy G‘azoda biz yuzlab ko‘chib kelgan falastinlik oilalarga boshpana bo‘lgan maktabning hech qanday ogohlantirishsiz nishonga olinganini ko‘rdik.
Fuqarolar bizga dahshatli qochish holatlari haqida hikoya qilishdi, ular shimoldagi vaziyat hali ham juda og‘irligini tasdiqlashdi. Odamlar Isroil dronlari tomonidan keyingi nishonga olinadigan hududlarni aniqlashga urinmoqda.
Shu orada, G‘azoning markaziy qismida beshta turar-joy binosi vayron qilinishi natijasida 24 nafardan ortiq falastinlik halok bo‘ldi.
Biz hamon Isroil dronlarining ovozini eshitmoqdamiz. G‘azo sektorining sharqiy hududlaridan ko‘tarilayotgan tutun ustunlarini ko‘rdik. U yerda katta harbiy kuch joylashtirilgan.