Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroilning Erondagi qamoqxonaga hujumida 71 kishi halok bo‘lgan

A A A
Isroilning Erondagi qamoqxonaga hujumida 71 kishi halok bo‘lgan

Bu haqda Eron sud hokimiyati vakili Asg‘ar Jahongirga tayanib, Mizan xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida mahbuslar va ularni ko‘rgani kelgan oila a’zolari, ma’muriyat xodimlari bo‘lgan.

Snaryadlar qamoqxonaning bir qator xonalariga, jumladan, tibbiyot bo‘limi, muhandislik-texnik korpusi, tashriflar zali va sud kanselyariyasiga tushgan.

Qamoqxonada chet ellik mahbuslar ham jazo o‘tayotgan bo‘lgan.

Evin qamoqxonasi siyosiy mahbuslar, jurnalistlar, faollar va chet elliklar saqlanadigan eng qattiq qo‘riqlanadigan qamoqxona sifatida tanilgan.

Eslatib o‘tamiz, 23 iyun kuni Isroil Tehrondagi Evin qamoqxonasiga zarba bergan edi

Kiritildi: 22:45 29.06.2025. O'qildi: 608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!