Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Isroilning BMTdagi doimiy vakili xalqaro tashkilotni Eronning hujumlariga e’tibor qaratishga chaqirdi

Isroilning BMTdagi doimiy vakili xalqaro tashkilotni Eronning hujumlariga e’tibor qaratishga chaqirdi

"Eron BMT Nizomini buzdi, global tinchlik va xavfsizlikka tahdid solayotganini ko‘rsatdi. Ovozingiz qayerda? Sizning munosabatingiz qani? Uyg‘onish vaqti keldi!", deb yozdi Isroilning BMTdagi doimiy vakili Gilad Erdan o‘zining X tarmog‘idagi sahifasida.

Ko‘p o‘tmay, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning bayonot berdi. Guterrish o‘z bayonotida Eronning Isroilga hujumini qoralashini va uni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirishini bildirdi.

"Na Yaqin Sharq mintaqasi, na dunyo yana bir urush bo‘lishini xohlamaydi", deyiladi BMT bosh kotibi bayonotida.

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Eronning Isroilga hujumi munosabati bilan 14 aprel kuni shoshilinch yig‘ilish o‘tkazilishini belgiladi.

Kiritildi: 06:38 14.04.2024. O'qildi: 999 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!