"Hizbulloh" axborot xizmati rahbari Muhammad Afif Isroilning Beyrut markazidagi Ras an-Naba hududiga uyushtirgan havo hujumida halok bo‘ldi.
Bu haqda Livan xavfsizlik xizmatidagi manbalarga tayanib xorijiy OAV xabar berdi.
Xabar qilinishicha, Afif Suriya tarafdori Arab Sosialistik partiyasi (APSR) shtab-kvartirasi joylashgan binoda kamida ikkita raketa zarbasiga uchragan.