Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Isroillik futbolchining «Inter»ga transferi barbod bo‘ldi

Isroillik futbolchining «Inter»ga transferi barbod bo‘ldi

Belgiyaning «Yunion Sent-Jilluaz» jamoasida to‘p surayotgan Anan Xalaili Milanning «Inter» klubiga o‘tmaydi. Taniqli insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, isroillik o‘ng qanot himoyachisi Italiya jamoasidagi tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagan.

Avvalroq transfer summasi bonuslarni hisobga olmaganda 25 million yevroni tashkil etishi xabar qilingandi. «Inter»da Xalaili yaqindagina Madridning «Real» klubi o‘yinchisiga aylangan Denzel Dyumfrisning o‘rnini egallashi kerak edi.

O‘tgan mavsumda 21 yoshli qanot yarim himoyachisi barcha turnirlarda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, oltita gol va oltita golli uzatma muallifiga aylangan.

Kiritildi: 23:07 13.07.2026. O'qildi: 986 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!