Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Isroilda o‘qituvchilarni harbiy xizmatga chaqirish boshlandi

Isroilda o‘qituvchilarni harbiy xizmatga chaqirish boshlandi

Isroil jiddiy askarlar tanqisligiga duch keldi, bu esa rasmiylarni Falastin va Livandagi urush uchun yuzlab o‘qituvchilarni safarbar qilishga majbur qilmoqda.

Yediot Ahronot gazetasining yozishicha, isroil armiyasi qo‘shimcha 7 ming askarga juda muhtoj, chunki har yili chaqiriluvchi erkaklar soni 1 foizga kamayib bormoqda.

Safarbarlik natijasida o‘qituvchilar o‘z vazifalarini tark etishga majbur bo‘lmoqda. Taxminlarga ko‘ra, bo‘shliqlarni to‘ldirish va barqaror ta’limni ta’minlash uchun kelgusi yillarda mamlakatga yana 24 mingga yaqin o‘qituvchi kerak bo‘ladi. Maktab direktorlarining aytishicha, bu ta’lim sifatini yomonlashtirmoqda va hatto o‘quvchilar o‘rtasida to‘g‘ri ta’lim jarayoni yo‘qligi sababli zo‘ravonliklar kuchayishiga olib kelmoqda.

Vaziyatdan qandaydir tarzda chiqish uchun maktablar sobiq o‘qituvchilarga, ota-onalarga va hatto yaqinda universitetni bitirgan talabalarga urushga jalb qilingan o‘qituvchilarni o‘rnini to‘ldirish iltimosi bilan murojaat qilishgan.

Kiritildi: 20:05 11.11.2024. O'qildi: 1214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!