Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi yahudiy ziyoratchilar va sayyohlar uchun Quddusdagi al-Aqso masjidiga kirishni ramazon oyi oxirigacha taqiqladi. Bu haqda Al Arabia xabar berdi.
O‘tgan hafta Isroil polisiyasining al-Aqsoga bostirib kirishi G‘azo, Livan va Suriyadan Isroilga raketa hujumlari uyushtirilishiga sabab bo‘lgan va bu hujumlar Isroilning qarshi hujumlari bilan kutib olingan. Avvalgi yillarda Isroil ramazonning oxirgi 10 kunida yahudiylarga majmuaga kirishni taqiqlagandi.