Isroilda minglab odamlar G‘azo sektoridagi o‘t ochishni darhol to‘xtatish va asirlarni almashish bo‘yicha kelishuvga erishish talablari bilan ko‘chalarga chiqishdi.
Namoyishchilar Tel-Avivdagi Begin ko‘chasi, Habima maydoni, Kiriya harbiy bazasi va G‘arbiy Quddusda to‘planishdi. Ular asirlar surati, davlat bayroqlari hamda hukumatni tanqid qiluvchi plakatlar bilan chiqishdi.
Faollar Isroil hukumatidan G‘azodagi urushni yakunlash, tinch aholi qurbonlarini to‘xtatish va isroillik asirlarni qaytarish uchun favqulodda choralar ko‘rishni talab qilishdi.
Namoyishlar mamlakatda urushga qarshi kayfiyat oshib borayotganini va jamoatchilikning tinchlik talabini kuchayib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.