Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Isroilda Al Jazeera telekanalini yopilishi mumkin

Isroilda Al Jazeera telekanalini yopilishi mumkin

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Knessetdagi (parlamentdagi) hukmron koalisiya raisi Ofir Kasdan mamlakat xavfsizligiga zarar yetkazuvchi xorijiy ommaviy axborot vositalarining efirga uzatilishini taqiqlashga qaratilgan qonun loyihasini ma’qullash uchun ovoz berishni ta’minlashni so‘radi.

Bu haqda bosh vazir boshchiligidagi “Likud” partiyasi vakili bayonotida ma’lum qilindi.

The Times of Israel nashrining yozishicha, hujjat kuchga kirgandan so‘ng bosh vazir mamlakatda Qatarning Al Jazeera telekanalini yopish tartibini “zudlik bilan boshlash” niyatida. Dushman kayfiyatidagi ommaviy axborot vositalari faoliyati to‘g‘risidagi qonun loyihasi 12 fevral kuni Knesset tomonidan birinchi o‘qishda ma’qullangan, shundan so‘ng u parlament komissiyalarida ikkinchi va uchinchi o‘qishda zarur ma’qullashlardan o‘tgan, deb yozadi gazeta.

Hujjatga ko‘ra, Isroil aloqa vaziri agar Mudofaa vazirligi ularning faoliyati “davlat xavfsizligiga haqiqiy zarar yetkazganini” aniqlasa, Isroilda faoliyat yuritayotgan xorijiy OAVni yopish va jihozlarini musodara qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Kiritildi: 23:57 01.04.2024. O'qildi: 918 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!