Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Isroilda 50 mingdan ortik tovon puli uchun ariza berildi

Isroilda 50 mingdan ortik tovon puli uchun ariza berildi

Eron va Isroil o‘rtasidagi to‘qnashuv yakunlanganidan so‘ng, Isroil okkupasiyasidagi hududlardagi 50 mingdan ortiq fuqaro tovon puli to‘lash talabi bilan murojaat etdi. Bu haqda yakshanba kuni Isroilning iqtisodiy nashri Calcalist xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 12 kun davom etgan qurolli mojaroning 24 iyun kuni to‘xtaganidan keyin shikast yetkazilgan shaxsiy, tijorat va harbiy ob’ektlar uchun tovon puli so‘ralgan arizalar soni 50 mingdan oshgan.

Mojaro Eron qurolli kuchlari tomonidan Isroil tomonidan aholi yashash joylari va yadroviy ob’ektlarga qilingan hujumlarga javoban dronlar va ballistik raketalar bilan okkupasiyalangan hududlarga kuchli zarbalar berilishi orqali boshlangan edi.

Eron rasmiylari bu amaliyotlarni BMT Nizomasining 51-moddasi asosida mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish deb baholamoqda.

Kiritildi: 19:16 14.07.2025. O'qildi: 706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!