Bugun 5 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Isroil yong‘inlarni o‘chirish uchun Fransiya yordamini rad etadi

Isroil yong‘inlarni o‘chirish uchun Fransiya yordamini rad etadi

Isroil Fransiyaning yahudiy davlatini qamrab olgan o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda havodan yordam ko‘rsatish taklifini rad etdi, deb xabar bermoqda Isroilning “Yediot Ahronot” gazetasi.

Chorshanba kuni Falastin ma’muriyati ham o‘t o‘chirish brigadalarini yuborishni taklif qildi, biroq Isroildan javob olmadi.

Yordam boshqa mamlakatlardan keladi: Janubiy Kiprning Gresiya ma’muriyati Bell 412 vertolyotini, Xorvatiya va Italiya ikkita Canadair CL-415 amfibiya samolyotini yuboradi. Ukraina, Ispaniya va Ruminiya ham yordam berishga va’da berishdi.

Arafada Fransiya Isroilning Bayrutga havo hujumlarini "qat’iy qoraladi" va Livan janubidagi ishg‘ol qilingan beshta pozisiyadan qo‘shinlarni olib chiqib ketishni talab qildi, bu esa Isroilning yordamdan voz kechish qaroriga ta’sir qilishi mumkin.

Kiritildi: 16:35 01.05.2025. O'qildi: 830 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!