Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘z idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, rezervchilarga shunday dedi:
“Yaqin kunlarda operasiyani yakunlash uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz”.
Isroil harakatlaridan maqsad radikal islomiy terrorchi HAMAS tashkilotini “mag‘lubiyatga uchratish” va “yo‘q qilish”dir. Netanyaxu, shuningdek, uning hukumati hozirda G‘azo sektoridan falastinliklarni qabul qilishga tayyor davlatlarni qidirayotganini aytdi. Isroil “G‘azo aholisiga chiqib ketishga ruxsat beruvchi” agentlik yaratdi. Bosh vazirning taxminicha, agar imkoniyat bo‘lsa, falastinliklarning "50 foizdan ortig‘i" G‘azo sektorini tark etadi.
Avvalroq Isroil G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotini qisqa muddatga to‘xtatgan edi. Terrorchilar asirligidan garovga olingan Eden Aleksandrni ozod qilish va uni Isroilga olib borishda sulhga rioya qilindi.