Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroil va’dasini buzdi va g‘azoliklarni «sekin o‘ldirish»da davom etyapti

Isroil va’dasini buzdi va g‘azoliklarni «sekin o‘ldirish»da davom etyapti

Isroil G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami ortilgan yuk mashinalarini Yevropa Ittifoqiga va’da qilganidan to‘rt baravar kam kiritdi. Bu haqda Euractiv Yevrokomissiya hujjatlariga asoslanib xabar berdi.

Isroil va’dasini buzdi va g‘azoliklarni «sekin o‘ldirish»da davom etyapti

Nomi keltirilmagan yevropalik mansabdor bergan ma’lumotga ko‘ra, YEI va Isroil o‘rtasida iyulda imzolangan shartnomaga muvofiq, G‘azoga kuniga — 160 ta atrofida, besh kunda — 800 ta yuk mashinasi kiritilishi kerak edi.

Biroq Yevrokomissiya hujjatlari ko‘rsatishicha, kuniga 38 ta, besh kunda atigi 188 ta yuk mashinasi sektorga kiritilgan.

Isroil g‘azoliklarni «sekin o‘ldirish» siyosatini ochiqchasiga davom ettirmoqda.

Kiritildi: 18:13 08.08.2025. O'qildi: 527 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!