19 yanvardan boshlab Isroil va HAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuv kuchga kiradi.
Bu haqda Qatar bosh vaziri Muhammad al-Tani matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Al-Tanining so‘zlariga ko‘ra, kelishuvga erishishga Qatar, Misr va AQShning sa’y-harakatlari yordam bergan. U "bu urush tarixidagi so‘nggi sahifa bo‘lishiga umid qilamiz", deb ta’kidladi.