Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroil urush boshlanganidan beri G‘azodagi 256 ta evakuasiya markazini nishonga oldi

Isroil urush boshlanganidan beri G‘azodagi 256 ta evakuasiya markazini nishonga oldi

2023 yil 7 oktyabridan buyon Isroil armiyasi G‘azo sektorida joylashgan 256 ta evakuasiya va vaqtinchalik yashash markaziga zarbalar berdi. Bu markazlarda 700 mingdan ortiq majburiy ko‘chirilgan fuqaro panoh topgan edi.

Bu haqda G‘azo sektoridagi hukumatning media-ofisi rasmiy bayonot berdi.

«Okupasion Isroil tinch aholi va majburiy ko‘chirilgan fuqarolarga nisbatan o‘zining tizimli jinoyatlarini davom ettirmoqda. O‘z uylarini yo‘qotgan oilalar joylashgan markazlar qasddan va muntazam ravishda nishonga olinyapti», — deyiladi bayonotda.

Faqat 2025 yil iyun oyining o‘zida 11 dan ortiq evakuasiya muassasasiga hujum qilingan, bu esa xalqaro huquq va gumanitar me’yorlarning qo‘pol ravishda buzilishi sifatida baholanmoqda.

Kiritildi: 23:05 30.06.2025. O'qildi: 271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!