Bosh vazir Benyamin Netanyaxuning yaqin ittifoqchisi shu hafta Donald Tramp bilan Livanda o‘t ochishni to‘xtatish rejasini muhokama qildi. Maqsad saylangan prezidentning tashqi siyosatda erta g‘alaba qozonishini ta’minlash. Bu haqda The Washington Post nashriga Isroilning uchta rasmiysi ma’lum qildi.
Isroilning strategik ishlar vaziri Ron Dermer Livan bo‘yicha muzokaralarning borishi haqida Bayden ma’muriyatiga ma’lumot berish uchun Oq uyga bordi.
«Isroil Trampga sovg‘a qiladi degan tushuncha bor... Livan bo‘yicha kelishuvga yanvar oyida erishiladi», dedi ismini oshkor qilishni istamagan isroillik rasmiy.
Taklifga ko‘ra, Hizbulloh jangchilari 2006 yilgi mojarodan keyin tashkil etilgan BMT bufer zonasining shimoliy chegarasi bo‘lgan Litani daryosidan nariga chekinishi kerak edi.
Nashrga «Hizbulloh»ga yaqin manbaning aytishicha, guruh vaqtinchalik sulh doirasida o‘z kuchlarini Litani ortidan olib chiqishga tayyor. Isroil rasmiysiga ko‘ra, Livan armiyasi AQSh va Buyuk Britaniya nazorati ostida dastlabki 60 kunlik muddat davomida chegara zonasini nazorat qiladi.