Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Isroil “Temir nur” lazer qurolini namoyish qildi: U dushman dronlari va raketalarini eritib yuborishi mumkin

Isroil “Temir nur” lazer qurolini namoyish qildi: U dushman dronlari va raketalarini eritib yuborishi mumkin

Isroilning Rafael mudofaa konserni “Jangovar yo‘lboshchi” filmlaridagi jang sahnalari va robot R2-D2 ni eslatuvchi yangi lazer qurolini ishlab chiqdi. Iron Beam (“Temir nur”) deb nomlangan bu qurol osmonga ulkan kuchga ega lazer impulsini yo‘llab, dron yoki raketalarning metall tanasini eritib yuborishi orqali ularni yo‘q qiladi.

Rafael kompaniyasi vise-prezidenti Shlomo Toaf BILD nashriga shunday dedi:

🗣 «Bu qurol bizdan boshqa hech kimda yo‘q! Bu — inqilobiy texnologiya. Lazer shunchalik kuchli va aniqki, katta barmoq qalinligidagi nur bilan taxminan 10 kilometr masofadagi nishonga aniq uriladi va dushman qurolini yo‘q qiladi. [...] Asosiy afzallik shundaki, har bir otish bir necha sentga tushadi, o‘q-dorilar zapasi esa amalda cheksiz — faqat elektr toki kerak.»

Iron Beam qurolini ham stasionar holda, ham avtomobillarga o‘rnatib ishlatish mumkin. Unga taxminan 100 kilovatt kerak bo‘ladi — bu o‘rtacha hajmdagi generator quvvatiga teng. Toafning aytishicha, ushbu lazer quroli Isroil osmonini himoya qilayotgan “Temir gumbaz” (Iron Dome) havo mudofaa tizimini qo‘llab-quvvatlash vazifasini bajaradi.

Kiritildi: 14:29 24.06.2025. O'qildi: 767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!