Isroil Suriya janubida navbatdagi harbiy operasiya boshlanganini rasman elon qildi:
"Suriyaning janubiy mintaqada mustahkam o‘rnashib olishga bo‘lgan har qanday urinishi qarshilikka uchraydi. Hozirda havo kuchlarimiz Suriyaga katta zarbalar bermoqda deyiladi xabarda."
Isroil kuchlari Suriya poytaxti Damashq janubidagi Al-Kisvah hududiga besh marta havo hujumi uyushtirdi. Ayni vaqtda Isroil harbiy mashinalari va zirhli bo‘linmalari shimoliy Qunaytra qishlog‘iga kirib bordi.
Rasmda Isroil qo‘shinlari Suriya janubida bosib olish va egallash niyatida bo‘lgan hudud xaritasi keltirilgan. Bular Qunaytra, Dara va Suvayda viloyatlaridir.